16:33 / 11.12.2025
34 385

Dollar kursi yana ko‘tarildi — yangi ma’lumotlar

12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan rasmiy kursini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,55 so‘mga oshib, 12 047,45 so‘mni tashkil qildi. Shunga parallel yevro ham 110,41 so‘mga ko‘tarilib, 14 099,13 so‘mga yetdi.

Rossiya rubli 3,59 so‘mga arzonlashib, 151,90 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani esa 5,16 so‘mga qimmatlashib, 1706,90 so‘mga yetdi.

Oltinning 1 grammi 100 so‘mga arzonlashib, 1 mln 669 ming 500 so‘mni tashkil etdi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bitkoin 11 dekabr soati 16:00 holatida 21 mln 36 ming 555 so‘mga arzonlashdi.


O‘zbekiston Respublikasi, Markaziy banki, Rasmiy kurs, Xorijiy valyuta, Oltin narxi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing