17:18 / 10.12.2025
124 230

SpaceX IPO orqali $1,5 trillionga baholandi


Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi IPO orqali $30 milliarddan ortiq mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi The Guardian. Bu IPO tarixdagi eng yirik aksiyalardan biri bo‘lishi mumkin, chunki bu Saudi Aramco neft kompaniyasining $29 milliardlik IPO ko‘rsatkichidan oshadi.

SpaceX jalb qilingan mablag‘larni ma'lumotlarni qayta ishlash markazlari va texnik uskunalar xaridiga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Bloomberg manbalariga ko‘ra, kompaniya IPO jarayonida taxminan $1,5 trillion bahoga erishishni mo‘ljallagan.

IPO 2026-yilning ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, ammo bu bozor sharoitlariga qarab 2027-yilga ko‘chirilishi mumkin.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing