08:07 / 17.12.2025
3 661

Ben-Gurionda o‘zbekistonliklar soxta pasport bilan qo‘lga olindi

Isroilning Ben-Gurion aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik soxta Isroil pasportlari bilan mamlakatga kirishga uringan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda Isroilning Cursorinfo nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jami 16 kishi soxta hujjatlar bilan ushlangan, ulardan ikki nafari o‘zbekistonlik bo‘lsa, qolgan 14 nafari gruziyalik fuqarolardir. Tekshiruv davomida pasportlarning ayrimlari Isroilning vafot etgan fuqarolari nomiga rasmiylashtirilgani aniqlangan.

15 nafar shaxs Sochidan, yana bir kishi esa Tbilisidan uchib kelgan. Ular pasport nazorati vaqtida qo‘lga olinib, so‘roq qilingan. Cursorinfo xabariga ko‘ra, ushlanganlar Isroilda noqonuniy ishlash maqsadida kelganliklarini tan olishgan.


Isroil aeroporti, Ben-Gurion aeroporti, Soxta hujjatlar, O‘zbekiston fuqarolari, Gruziya fuqarolari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing