21:34 / 02.12.2025
333 257
Afg‘onistonda ommaviy qatl: 80 ming kishi tomosha qildi

Afg‘onistonning Xost provinsiyasida “Tolibon” hukumati ommaviy o‘lim jazosini ijro etdi. Stadionda 80 mingga yaqin odam ishtirok etgan marosimda ayblanuvchiga o‘lim jazosi berildi. Hukm, oliy sud tomonidan bir necha bosqichda ko‘rib chiqib, “Tolibon” yetakchisi tomonidan ma’qullangan. Ayblanuvchining oilasi kechirish taklifini rad etgani uchun jazo ijro etilgan. BMT va inson huquqlari tashkilotlari Afg‘onistondagi o‘lim jazosini tanqid qilmoqda. Tanqidchilar sud jarayonlarida advokatlarning ishtirokini cheklovchi “Tolibon”ning sud tizimini xalqaro standartlarga muvofiq emas deb hisoblaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
IB tizimidagi ilk davlat maktabi - O‘zbekiston ta’limida yangi sahifa
Afg‘onistonda ayollarga zo‘ravonlik keskin oshgani ma’lum qilindi
Xitoy Pokiston-Afg‘oniston munosabatlarini diplomatik sinovlar fonida kuzatmoqda
Shimoliy Koreyada ikki tadbirkorning qatl etilishi jamoatchilikni hayratga soldi
Arxeologik meros yo‘qoladimi? Xitoy va “Tolibon” To‘xorda oltin qazishni boshladi