17:55 / 22.11.2025
491 392

Nyu-York auksionida Van Gog kartinasi rekord narxga sotildi

Niderlandiyalik buyuk rassom Vinsent Van Gogning yana bir noyob asari dunyo bozorini hayratda qoldirdi. Nyu-Yorkda o‘tgan Sotheby's auksionida rassomning “Parij romanlari to‘plamlari va stakandagi atirgullar” deb nomlangan kartinasi 62,7 million dollarga sotildi. Bu haqda NL Times ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, asarni mashhur san’atshunos Petti Vong qo‘lga kiritgan. Lotning yakuniy narxi kutilgan bahodan 35 foizga yuqori chiqqan. Auksiongacha Amsterdamdagi Van Gog muzeyi mutaxassislari polotnoni atroflicha o‘rganib, uning asl nusxa ekanini rasman tasdiqlagan.

Van Gog bu asarni 1887 yilning noyabr-dekabr oylarida Parijda, akasi Teo bilan bir xonada yashagan paytida chizgan. U davrda rassom fransuz hayoti, ranglari va san’ati ta’sirida yanada erkin va jo‘shqin uslubni shakllantirgani aytiladi.

Ko‘pchilik san’at muxlislari bu narxni Van Gogning betakror ijodiga bo‘lgan qiziqish yanada oshganining navbatdagi isboti sifatida baholamoqda.


Van Gog, Niderlandiyalik Rassom, Sotheby Auksioni, Parij Kartinasi, San’at Ixlosmandlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing