
Saratov viloyatida mehnat patenti uchun oylik to'lov miqdori 2026 yilga kelib 9,4 ming rublni (1,4 million so'm) tashkil etadi. Bu haqda "Kommersant" nashri xabar berdi.
Hududiy mehnat vaziri o‘rinbosari Natalya Mixaylova tushuntirishicha, patent narxi mintaqadagi o‘rtacha ish haqi prognozlariga asoslanib belgilangan. 2026 yilga mo‘ljallangan reja bo‘yicha barcha kasblar uchun yagona koeffitsiyent 2,8 qilib belgilash taklif etilgan.
Mazkur qaror deputatlar o‘rtasida bahs-munozaraga sabab bo‘ldi. Ularning fikricha, past patent narxi ish beruvchilarga foyda keltiradi, ammo mahalliy aholi manfaatlariga zid keladi.
Hukumat bunga javoban aksariyat Rossiya hududlarida biznes manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida patent narxi 10 ming rublgacha belgilanganini ma’lum qildi.
Saratov Viloyati, Mehnat Patenti, Oylik To'lov, Ish Haqi, Deputatlar Bahsi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
O‘zbekistonda eng kam maosh to‘lanadigan tuman ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi keskin kamaydi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
5-fevraldan Rossiyada migrantlar uchun bir qator cheklovlar kuchga kirdi