17:46 / 22.12.2025
1 644

Yaponiya sun’iy intellekt uchun 19 milliard dollar tikmoqda

Yaponiya hukumati texnologik mustaqillikni mustahkamlash va global raqobatda o‘z mavqeini kuchaytirish maqsadida milliy sun’iy intellekt loyihasini ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Ushbu yirik tashabbus xususiy sektor bilan hamkorlikda amalga oshiriladi va uning umumiy qiymati 3 trillion iyena, ya’ni qariyb 19 milliard dollarni tashkil etadi.

Loyihaning asosiy maqsadi — sun’iy intellekt sohasida Yaponiya, AQSh va Xitoy o‘rtasida yuzaga kelgan texnologik tafovutni qisqartirish. Shu yo‘nalishda mamlakatdagi yetakchi kompaniyalar birlashmoqda. Jumladan, SoftBank hamda yana o‘ndan ortiq yirik yapon korxonalari kelasi bahordan boshlab qo‘shma korxona tashkil etishi kutilmoqda.

Mazkur korxona Yaponiya tarixidagi eng yirik sun’iy intellekt yadro modelini ishlab chiqishga mas’ul bo‘ladi. U nafaqat mahalliy ehtiyojlarni qondirish, balki global bozorda ham raqobatbardosh bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, loyiha sanoat, tibbiyot, moliya va davlat boshqaruvi kabi ko‘plab sohalarda raqamli samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.


Yaponiya hukumati, Sun’iy intellekt, Texnologik mustaqillik, SoftBank kompaniyasi, Raqamli samaradorlik
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing