Marokash Afrika Millatlar kubogini ishonchli g‘alaba bilan boshladi

Afrika Millatlar kubogi rasman start oldi va turnirning ochilish bahsi muxlislarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ilk uchrashuvda Marokash milliy jamoasi Komor orollari termasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvning boshlanishi marokashliklar uchun u qadar oson kechmadi. 11-daqiqada Rahimiga penalti ijro etish imkoniyati berildi, biroq hujumchi bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Shu holatga qaramay, Marokash futbolchilari o‘yinni to‘liq nazoratda ushlab turishdi va raqibga deyarli xavfli imkoniyat yaratishga yo‘l qo‘yishmadi.
Ikkinchi bo‘limda o‘yin sur’ati yanada oshdi. 55-daqiqada Brahim Dias aniq zarba bilan hisobni ochdi va Afrika Millatlar kubogining 2025 yilgi musobaqasidagi ilk gol muallifiga aylandi. Ushbu gol jamoaga ishonch bag‘ishladi va hujumlar yanada tizimli tus oldi.
74-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Al Kaabi o‘z so‘zini aytdi. U raqib himoyasidagi xatodan foydalanib, darvozani ishg‘ol etdi va uchrashuvdagi so‘nggi nuqtani qo‘ydi. Shu tariqa Marokash turnirdagi birinchi uch ochkoni rasman hisobga yozdirdi.
Afrika Millatlar kubogi. 1-tur
Marokash – Komor 2:0
Gollar: Dias 55, Al Kaabi 74
Marokash – Bunu, Mazraui, Aguer, Sayss (Al Yamiq, 19), Salax-Eddin, Elnauni, Amrabat, Ounaxi, Rahimi (Al Kaabi, 65), Saybari (Masina, 76), Dias (El Naseyri, 76)
Foydanilmagan penalti: Rahimi 11
Marokash milliy jamoasi ushbu o‘yinda tartibli himoya, yaxshi jismoniy tayyorgarlik va taktik intizomni namoyish etdi. Penalti tepilishidagi omadsizlikka qaramasdan, jamoa o‘z o‘yin uslubidan chekinmadi va natijaga erishdi.
Afrika Millatlar kubogining ilk bahsi shundan dalolat berdiki, Marokash termasi musobaqada jiddiy maqsadlar bilan qatnashmoqda va turnirning keyingi bosqichlarida ham asosiy da’vogarlardan biri bo‘lishi mumkin.
Afrika Millatlar kubogi, Marokash milliy jamoasi, Komor orollari, Brahim Dias, Al Kaabi