20:46 / 21.12.2025
3 209

Ronaldu Mbappening rekordiga munosabat bildirdi: hurmat va e’tirof

Madridning «Real Madrid» klubi afsonasi Krishtianu Ronaldu jamoaning hozirgi hujumchisi Kilian Mbappe tomonidan o‘z rekordi takrorlanganiga munosabat bildirdi.

La Liga 17-turi doirasida "Sevilya"ga qarshi o‘tkazilgan bahsda (2:0) Mbappe 2025 yil kalendar yilida “qirollik klubi” safida 59-golini urdi. Shu bilan u Krishtianu Ronalduning 2013 yilda qayd etgan natijasiga tenglashdi.

Uchrashuvdan keyin fransiyalik yulduz ijtimoiy tarmoqlarda post joylab, portugaliyalik afsonaga bo‘lgan hurmatini ochiq ifodaladi. Ronaldu esa javoban ikki ramz — qo‘l ko‘tarish va olov belgisi bilan izoh qoldirib, Mbappening yutug‘ini e’tirof etdi. Bu ishoralar muxlislar tomonidan katta iliqlik bilan qabul qilindi.

Qayd etish joiz, La Liga tarixida bir kalendar yilda eng ko‘p gol urish bo‘yicha mutlaq rekord boshqa bir afsonaga tegishli. Bu natija sobiq «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga mansub bo‘lib, u 2012 yilda 91 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing