17:04 / 21.12.2025
3 352

Sergey Tashuyev Dzyubani terma jamoaga chaqirishga qarshi


Rossiyalik murabbiy Sergey Tashuyev terma jamoa to'purarlik rekordi mavzusi va Artyom Dzyubani qayta chaqirish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Tashuyevning ta'kidlashicha, statistika o'z-o'zicha fakt, biroq terma jamoaga futbolchilar rekord yoki chiroyli hikoyalar uchun emas, ayni paytda eng kuchlilar bo'lgani uchun chaqirilishi kerak.

Shu bois u Dzyubani terma jamoaga yana taklif etishda alohida ma'no ko'rmasligini aytdi. Ma'lumki, FIFAning yaqinda qabul qilgan qaroridan so'ng 2005 yilda Germaniya darvozasiga kiritilgan gol muallifligi bo'yicha qayd qayta ko'rib chiqilishi mumkin.

Agar o'sha gol Andrey Arshavindan Aleksandr Kerjakov hisobiga o'tkazilsa, Kerjakov va Dzyubaning Rossiya terma jamoasi safidagi gollari soni 31 tadan bo'ladi.
Sergey Tashuyev, Rossiya terma jamoasi, Artyom Dzyuba, Aleksandr Kerjakov, FIFA qarori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing