10:02 / 21.12.2025
1 513
Teo Ernandes Kolo Muanining o'sha imkoniyatini hanuz eslaydi

Fransiya terma jamoasi himoyachisi Teo Ernandes 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishga umid bildirdi. U hanuz 2022 yilgi mundial finalidagi bir epizodni alam bilan yodga oladi: Randal Kolo Muanining yaqin masofadan yo'llagan zarbasini argentinalik darvozabon Emiliano Martines qaytargandi.
O'sha seyv Argentina terma jamoasiga penaltilar seriyasida g'alaba qozonish imkonini saqlab qolgan edi. Har safar Kolo Muanining o'sha imkoniyatini o'ylasam alam qiladi.
Tez-tez eslayman. Bundan tashqari, Italiya ham jahon chempionatiga yo'l olishini istayman, deya Ernandesning so'zlarini La Gazzetta dello Sport nashri keltirdi.
Eslatib o'tamiz, navbatdagi jahon chempionati 11 iyunda start oladi va 19 iyulgacha davom etadi. Turnir ilk bor bir vaqtning o'zida uch mamlakatda: AQSH, Meksika va Kanadada o'tkaziladi.
Fransiya terma jamoasi, Jahon chempionati, Teo Ernandes, Argentina terma jamoasi, La Gazzetta dello Sport
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar