10:17 / 21.12.2025
1 581
Teo Ernandes Saudiya Arabistonidagi hayoti haqida gapirdi

“Milan”ning sobiq himoyachisi Teo Ernandes olti yil klub safida to'p surganidan so'ng jamoani tark etib, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirmoqda. Jurnalistlar futbolchidan yevropaliklar uchun noodatiy bo'lgan bu mamlakatdagi hayoti haqida so'rashdi.
Ernandesning aytishicha, u yangi muhitdan mamnun va tanlovidan afsuslanmagan. Futbolchi faqat yo'llardagi harakat juda tig'iz va qattiq tartibda ekanini kamchilik sifatida tilga oldi.
“Bu yerda yashash haqiqatan ham ajoyib, tanlovimdan biror marta afsuslanmadim. Hammasi zo'r, faqat yo'llardagi tirbandlikdan boshqa”, deya Teo Ernandes so'zlarini La Gazzetta Dello Sport nashri keltirdi.
Qizig'i shundaki, hozir Ernandesni “Inter”ning sobiq bosh murabbiyi Simone Indzagi boshqarib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar