
Aston Villa vingeri Jedon Sancho kelasi oydayoq jamoasini o'zgartirishi mumkin. 25 yoshli angliyalik futbolchi Manchester Uniteddan mavsum oxirigacha ijaraga olingan, biroq hozircha kutilgan darajadagi o'yinni namoyish etmadi: u asosiy tarkibdan joy ololmadi va biror marta ham gol yoki golli uzatma bilan ajralib chiqmadi.
Jurnalist Grem Beylining ma'lumotiga ko'ra, Aston Villa yanvar oyida futbolchi bilan xayrlashish variantiga qarshi emas. Manchester United ham Sanchoga tayanmayapti.
Ijara shartnomasida muddatidan oldin bekor qilish bandi ko'zda tutilmagan, ammo qishki transfer oynasida Sanchoga yangi da'vogar paydo bo'lsa, klublar uning muddatidan avval qaytishi bo'yicha kelishuvga erishishi mumkin. Mavsum davomida Sanchoga Turkiya va Italiya chempionatlari vakillari qiziqish bildirayotgani haqida ham mish-mishlar tarqalgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar