12:13 / 14.12.2025
150 355
Real Diogu Dalotni Manchester Uniteddan sotib olishi mumkin

Madridning Real klubi Manchester United futbolchisi Diogu Dalotga qiziqish bildirmoqda. Gap Portugaliya terma jamoasi himoyachisi, o'ng qanot himoyachisi va lateral sifatida ham to'p sura oladigan Dalot haqida ketmoqda.
Teamtalk nashri jurnalistlari ma'lumotiga ko'ra, “qirollik klubi” futbolchini kelasi yili o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Realni Dalotning universalligi, ya'ni bir nechta pozitsiyada birdek samarali o'ynay olishi o'ziga tortmoqda.
Manchester United esa transfer bo'yicha muzokaralarga tayyor ekani aytilmoqda. Dalotning Manchester United bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Transfermarkt portali mutaxassislari himoyachining bozor qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.
Real Madrid, Manchester United, Diogu Dalot, Portugaliya terma, Transfer bozor
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Portugaliya terma jamoasi tarkibi va uning asosiy yulduzlari haqida ma’lumot
Vinisius ketishi mumkin, "Yunayted" 150 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda
Magassa "Manchester Yunayted"ni g'alabadan mahrum qildi
Manchester Yunayted yosh portugaliyalikni nishonga oldi