
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi qur'asidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Braziliya jamoasi Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalari bilan to'qnash keladi.
"Bu juda qiyin guruh. Marokash o'tgan Jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatgan edi.
Shotlandiya ham juda kuchli raqib. Oson bo'lmaydi, ammo biz yaxshi o'ynashimiz kerak.
Bizning vazifamiz – imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko'rib, birinchi o'rinni egallash. Birinchi ikki o'yin juda katta ahamiyatga ega bo'ladi, chunki bizga ishonch kerak", – dedi Anchelotti intervyusida.
Eslatib o'tamiz, italiyalik murabbiy iyun oyida Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. U bunga qadar Madridning "Real" klubini boshqargan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gaiti muxlislari JChga bora olmaydi
JCH-2026: Trampning qarori sabab Gaiti muxlislari AQSHga kira olmaydi
Jahon chempionatidagi bokschilarimizning ilk raqiblari: qur’a natijalari...
JCH-2026 qur’asi oldidan O‘zbekiston tarixiy imkoniyat ostonasida turibdi
JCH-2026 qur’asi oldidan O‘zbekiston 3-savatchadan o‘rin oldi...