05:40 / 21.12.2025
4 077
Davide Anchelotti «Real» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod bo'ldi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li Davide Anchelotti Madridning «Real» klubida bosh murabbiylik lavozimini egallashi mumkin. Sport.es xabariga ko'ra, u jamoa boshqaruvida Xabi Alonsoni almashtirishi ehtimoli bor.
Manbaga ko'ra, Davidening Braziliyaning «Botafogo» klubidagi faoliyati yakunlangani ham aynan shu ehtimol bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Avvalroq OAV Davide Anchelottiga La Liganing nisbatan kamroq sovrinli klublaridan biri «Rayo Valyekano» ham qiziqish bildirayotgani haqida yozgandi.
Xabi Alonsoning iste'foga chiqarilishi haqidagi gap-so'zlar matbuotda anchadan beri yangrayapti. Xabarlarda ta'kidlanishicha, bunga «Real»ning 2025/2026 yilgi mavsumdagi beqaror natijalari bilan birga, mutaxassisning jamoa kiyinish xonasidagi muhit bilan aloqasi sustlashgani ham sabab bo'lishi mumkin.
Davidening otasi Karlo Anchelotti «Real»ni 2013–2015 yillarda, shuningdek 2021–2025 yillarda boshqargan va klub bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Braziliya terma jamoasi, Karlo Anchelotti, Davide Anchelotti, Xabi Alonso, Real klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar