05:35 / 20.12.2025
3 786
Enso Mareska «Chelsi»dagi yangi shartnoma haqida gapirdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska London klubi bilan ehtimoliy yangi shartnoma masalasiga munosabat bildirdi. Mutaxassis bu savolni klub rahbariyatiga yo'naltirishni tavsiya qildi.
«Agar klub yangi kelishuv taklif qilsa? Buni klubdan so'rash kerak: men bunga loyiqmanmi», — deya Mareskaning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
Italiyalik murabbiy 2024 yil 1 iyuldan beri «Chelsi»ni boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Mareska qo'l ostida «Chelsi» APLda 16 turdan so'ng 28 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Chelsi klubi, Enso Mareska, Fabritsio Romano, APL turniri, London shahri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing