11:07 / 19.12.2025
55 211
Manchester United Said El-Malani 60 mln yevroga sotib olishi mumkin

Germaniyaning “Kyoln” klubi hujumkor yarim himoyachisi Said El-Mala Angliya Premyer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. Bild nashri xabariga ko‘ra, 19 yoshli vingerga “Manchester United” qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, “Kyoln” futbolchisini 60 million yevroga baholagan. Bitim yozgi transfer oynasida rasmiylashtirilishi ehtimoli bor.
El-Malaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Futbolchining bozor qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda vinger 16 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing