14:19 / 17.12.2025
86 143
Cherchesov Modrichni professionalizm namunasi deb atadi

“Akhmat” bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov “Milan” yarim himoyachisi Luka Modrich haqida fikr bildirdi. Mutaxassis xorvatiyalik futbolchiga doimo alohida ixlos qilganini aytdi.
Cherchesovning so'zlariga ko'ra, u Modrichni 17 yoshligidan beri kuzatib keladi. “Modrich — ajoyib futbolchi, u hanuzgacha motivatsiyasini yo'qotmagan.
Modrich nafaqat noyob iste'dod, balki professionalizmning yorqin namunasi”, — deya murabbiyning fikrlarini “Sport-Ekspress” nashri keltiradi. Murabbiy “Milan” muxlislari Modrichni juda tez yoqtirib qolganidan ham ajablanmaganini ta'kidladi.
40 yoshli yarim himoyachi joriy yil yozida Madridning “Real” klubidan erkin agent sifatida “Milan”ga o'tdi. “Rossoneri” safida u A Seriya va Italiya kubogida jami 17 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
Stanislav Cherchesov, Luka Modrich, Milan klubi, Xorvatiyalik futbolchi, Italiya kubogi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Cherchesov Safonovning ketma-ket to'rtta penaltini qaytarishini baholadi
«Oltin to'p»ga da'vo qilishi kutilayotgan olti faol futbolchi
«Oltin to'p»ga da'vo qilishi kutilayotgan olti faol futbolchi
Luka Modrich Italiya chempionati darajasini baholadi
Modrich atrofidagi qiziqish ortib bormoqda Yaqin Sharqda