16:06 / 17.12.2025
3 087

Mark Sire: saylovda yutsam, Messini Barselonaga qaytaraman


Lionel Messi yana Barselonaga qaytishi mumkin. Kataloniya klubi prezidentligiga nomzod Mark Sire saylovda g'alaba qozonsa, argentinalik yulduzni yana "ko'k-anorranglilar" safiga qaytarish uchun bor imkoniyatini ishga solishini bildirdi.

Bu haqda Goal portali xabar berdi. "Bizga Leo Messi kerak va uni qaytarish uchun qo'limizdan kelgan hamma ishni qilamiz", dedi Sire.

Shu bilan birga, u Messining klubdagi ehtimoliy roli haqida aniq ma'lumot bermadi. Eslatib o'tamiz, Messi kuzda Inter Mayami bilan shartnomasini 2028 yil yakunigacha uzaytirgan.

U 2021 yil yozida Barselonani tark etgan, kataloniyaliklar moliyaviy muammolar sabab futbolchi bilan yangi shartnoma imzolay olmagandi.
Lionel Messi, Barselona klubi, Mark Sire, Inter Mayami, Moliyaviy muammolar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing