16:10 / 17.12.2025
1 530

Chelsi yarim himoyachisi Tayrik Jorjga yetti klub qiziqmoqda


Chelsining hujumkor yarim himoyachisi Tayrik Jorj qishki transfer oynasida jamoani tark etish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Caught Offside xabariga ko'ra, futbolchi londonliklar safida o'yin amaliyoti kamligidan norozi.

Manbaga ko'ra, “ko'klar” rahbariyati ham 19 yoshli futbolchini sotishga tayyor. Jorj faoliyatini Angliyada “Fulhem”, “Everton”, “Kristal Pelas”, “Lids” yoki “Sautgempton”da davom ettirishi mumkin.

Angliyadan tashqarida esa unga “RB Leypsig” va “Roma” qiziqish bildirmoqda. Jorjning “Chelsi” bilan shartnomasi 2027 yil iyun oxirigacha amal qiladi.

Futbolchining bozor qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.
Tayrik Jorj, Chelsi jamoasi, Qishki transfer, Futbol bozori, Angliya klublari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing