18:58 / 01.12.2025
357 673

Andi Dyuf: "Uch ochko oson qoʻlga kiritilmadi"


Italiya chempionatining oʻn uchinchi turida "Inter" safarda "Piza" jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Milan klubining fransiyalik yarim himoyachisi Andi Dyuf oʻyinning ikkinchi qismida zaxiradan maydonga tushdi.

U maydonga chiqqanidan atigi ikki daqiqa oʻtgach, "Inter" oʻzining birinchi golini kiritdi. Dyuf yangi klubdagi taassurotlari haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

"Piza" yaxshi jamoa va bu uch ochkoni qoʻlga kiritish oson boʻlmadi. Men uchun ham yangi klubga, yangi mamlakatga moslashish oson emas.

Til oʻrganayapman. Shunga qaramay, bugun oʻyin oʻtkazganimdan xursandman", — dedi Dyuf fcinter1908.it saytiga bergan intervyusida.

Seriya Aning navbatdagi turida "Inter" oʻz maydonida "Komo" jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv 6-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.


Italiya Chempionati, Inter Jamoasi, Milan Klubi, Seriya A, Andi Dyuf
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing