22:44 / 28.11.2025
312 453

Kafanov: Safonov asosiy tarkibda o'z o'rnini topadi


Rossiya milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov "PSJ" darvozaboni Matvey Safonovning kelajagi haqida fikr bildirdi. "Shevalening "Tottenhem"ga qarshi o'yindan oldin ham xatolari bo'lgan, biroq murabbiylar shtabi hali ham unga ishonch bildirmoqda.

O'ylaymanki, Matveyga imkoniyat berilganida, u bu imkoniyatdan to'g'ri foydalanadi va asosiy tarkibda o'z o'rnini mustahkamlaydi," - dedi ekspert "Sovetskiy sport"ga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Safonov 2024-yilning yozida Parij klubiga qo'shilgan edi.

"PSJ" tarkibida u 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, ulardan yettitasida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Joriy mavsumda esa rossiyalik darvozabon hali maydonga chiqqanicha yo'q, chunki murabbiylar shtabi darvozada butunlay Lyuk Shevalega ishonch bildirmoqda.

Rossiya Terma, Vitaliy Kafanov, Matvey Safonov, Parij Klubi, Lyuk Shevale
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing