06:17 / 24.11.2025
503 804
Elche va Real o'yinining eng yaxshi futbolchisi Barselona vakili bo'ldi

Elche va Madridning Real jamoasi La Liganing 13-turida durang qayd etdi (2:2). Maydon egalari ikki bor hisobda oldinda bo'lishdi va sensatsion g'alabaga yaqin edilar, biroq "qaymoqranglilar" hisobni tiklashga muvaffaq bo'lishdi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Barselona"dan ijaraga olingan mezbonlarning darvozaboni Inyaki Penya tanlandi. 26 yoshli ispaniyalik futbolchi beshta zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Penya joriy mavsumda "Elche" safida yettita uchrashuvda maydonga tushib, jami o'n marotaba gol o'tkazib yubordi. Uning ijara muddati mavsum oxirigacha davom etadi.
Real turnir jadvalida yetakchilikni saqlab qolayotgan bo'lsa-da, ikkinchi o'rindagi "Barselona"dan faqat bir ochko farq bilan oldinda. "Elche" esa jadvalning 11-pog'onasida joylashgan.
La Liga, Real Madrid, Elche Jamoasi, Inyaki Penya, Turnir Jadvali
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar