
22-noyabr, 2025-yil. Angliya Premer-ligasining 12-turida "Manchester Siti" jamoasi safarda "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Xusanov Pep Gvardiola jamoasining o‘yin qaydnomasiga kiritilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30 da boshlanadi.
Asosiy tarkib: Donnarumma, Nunes, Dias, Gvardiol, O’Reyli, Lyuis, Bernardu Silva, Foden, Cherki, Doku, Holand. Zaxiradagi futbolchilar: Trafford, Reynders, Stounz, Ake, Mamush, Ayt-Nuri, Savinyo, Xusanov, Bobb.
Pep Gvardiola jamoasi o‘yin oldidan muvaffaqiyatli seriyani davom ettirib kelmoqda, biroq "Sent-Jeyms Park" maydonida o‘ynash an’anaviy ravishda yuqori darajada e’tibor va tayyorgarlikni talab qiladi. Murabbiylar shtabi o‘yin sur’atini boshqarish va qanotlardan tezkor o‘tishlarga, xususan, Foden va Doku orqali kuchli hujumlar uyushtirishga e’tibor qaratmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Manchester Siti” klubi futbolchilarining reytingi e’lon qilindi
«Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi hal qiluvchi to‘qnashuvga chiqadi
“Etihad”da katta to‘qnashuv: “Siti” va “Liverpul” o‘yini uchun asosiy tarkiblar e’lon qilindi
Fabio Kannavaro futboli haqida 5 mulohaza
Holland asosiy tarkibda: Man Siti - Nyukasl