17:55 / 22.11.2025
583 469

Buffon: Oʻz-oʻzimizni yoʻq qilishni bas qilaylik


Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni, hozirda koordinatsiya ishlari bilan shugʻullanayotgan Janluiji Buffon Italiya futboli haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Bilasizmi, asosiy muammo nimada?

Biz ikki alohida dunyoda yashaymiz, ularning yoʻllari hech qachon kesishmaydi. Bir tomondan, tariximiz bizni manman qilgan.

Biz oʻzimizni barcha narsaga ilohiy huquqqa ega deb hisoblaymiz. Ikkinchi tomondan, futbolni tahlil qilar ekanmiz, zaif jamoalar qolmaganini tushunamiz.

Ammo, zaif deb hisoblangan jamoalar sizni qiyin ahvolga solsa yoki ular ustidan zoʻrgʻa 1:0 hisobida gʻalaba qozonsangiz, "Bu tarzda gʻalaba qilish mumkin emas", degan xitoblar eshitasiz. Va bu manmanlik qoʻrquvga aylanadi.

Oʻz-oʻzimizni yoʻq qilishni bas qilaylik. Muvozanatni topish shunchalar qiyinmi?" – dedi Buffon La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Italiya terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida Norvegiyadan ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egalladi. Gennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa pley-off bahslarida Shimoliy Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi, gʻalaba qozonishsa, Uels yoki Bosniyaga qarshi oʻynaydi.


Italiya Futboli, Janluiji Buffon, Jahon Chempionati, Saralash Bosqichi, Shimoliy Irlandiya
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing