13:50 / 22.11.2025
417 518

Upamekano yangi klubni tanladi


Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Dayo Upamekano bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda, biroq futbolchi Madridning "Real" klubiga oʻtishni afzal koʻrmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbalarga koʻra, "Real"ga oʻtish Upamekano uchun faoliyatini davom ettirishda ustuvor variant hisoblanadi. Shu bilan birga, fransiyalik himoyachini "Liverpul" va "PSJ" klublari ham kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda 27 yoshli Upamekano barcha musobaqalarni hisobga olganda 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq gol yoki assist qayd etmagan. Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning oʻrtalarigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, uning transfer qiymati 60 million yevroga baholangan.
Dayo Upamekano, Bavariya Klubi, Real Madrid, Fransiyalik Himoyachi, Transfer Qiymati
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing