Brokkining fikriga koʻra, Milan Skudetto uchun kurashadi

Sobiq futbolchi va "Milan" jamoasining murabbiyi Kristian Brokki "rossonerilar"ning joriy mavsumdagi oʻyinlarini ijobiy baholadi. Yozgi mavsum oraligʻida "Milan" bosh murabbiylikka Massimiliano Allegriyni taklif qildi va bu qaror klubga yaxshi turtki berdi.
"Men Allegri va "Milan"ga juda ishonaman, jamoa oldingidan butunlay boshqacha koʻrinmoqda. Ular jamoaviy oʻyin borasida sezilarli oʻsishga erishdilar.
Balki oddiy raqiblar bilan oʻyinlarda xatolar boʻlgandir, lekin bu borada "Milan"ga yana biroz narsa yetishmayapti, deb oʻylayman, top-klub boʻlish uchun. Lekin men ishonchim komilki, "Milan" Skudetto uchun oxirigacha kurashadi", - deydi Brokki pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida.
Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi.
Milan Jamoasi, Kristian Brokki, Massimiliano Allegri, A Seriya, Skudetto Kurashi