
Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo JCh-2026 saralash pley-off uchrashuvlarida "Skuadra Adzurra"ning raqibi boʻlmish Shimoliy Irlandiya terma jamoasi haqida fikr bildirdi. "Bu jismonan kuchli jamoa, ular oxirigacha kurashadi.
Ammo biz oʻz oʻyinimizni namoyish qilishimiz kerak, bu haqda men uch oydan beri gapiryapman", – dedi Gattuzo Sky Sportsga bergan intervyusida. Eslatib oʻtamiz, JCh-2026ga chiqish huquqi uchun pley-off bahslari mart oyida oʻtkaziladi.
Agar Italiya terma jamoasi Shimoliy Irlandiyani magʻlub etsa, ular Uels yoki Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi oʻynashadi.
Italiya Jamoasi, Jennaro Gattuzo, J Ch Saralash, Shimoliy Irlandiya, Pley Off
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing