00:04 / 17.11.2025
25 651
FIFA ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratlar bo'yicha Interpolga murojaat qildi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratlar bo'yicha Interpolga murojaat qildi. Bu holat FIFA tomonidan ishlab chiqilgan Ijtimoiy tarmoqlarda himoya qilish xizmati (SMPS) yordamida aniqlangan.
2025-yil davomida SMPS orqali 30 mingdan ortiq haqoratli holatlar aniqlangan. "Bizning xabarimiz aniq: bizning o‘yinimizda zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q.
FIFA aʼzo assotsiatsiyalar, konfederatsiyalar va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda huquqbuzarlarni javobgarlikka tortishni davom ettiradi", – dedi FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilot matbuot xizmati orqali bergan bayonotida. Shuningdek, 11 ta ish Argentina, Braziliya, Fransiya, Polsha, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQShdagi huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
SMPS ishga tushirilganidan beri 65 mingdan ortiq haqorat holatlari aniqlangan. Infantino taʼkidlashicha, FIFA o‘zi ham huquqbuzarlarga qarshi chora ko‘radi, shu jumladan, futbol o‘yinlariga tashrifni taqiqlashgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llashni rejalashtirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiy Britaniya va Yevropa yetakchilariga ochiq murojaat qildi
Braziliya Senegalni 2:0 hisobida mag'lub etdi
Farg'onada qo'shni ayolga tajovuz qilgan erkak jazolandi
Argentina va Fransiya o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin
Turkiyada noqonuniy pul tikish mojarosi: 600 futbolchi so‘roqqa chaqirildi