08:14 / 17.11.2025
3 023
Luis Suares: 'Har doim Barselona o‘yinlarini tomosha qilaman'

“Inter Mayami” hujumchisi Luis Suares “Barselona” o‘yinlarini kuzatishda davom etayotganini ma’lum qildi. Urugvaylik futbolchi 2014 yildan 2020 yilgacha Kataloniya klubi sharafini himoya qilgan edi.
2024 yil boshida Suares “Inter Mayami”ga o‘tdi va bu yerda sobiq jamoadoshlari Lionel Messi, Serxio Buskets va Jordi Alba bilan birlashdi. Ular bilan birga “Barselona”da muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan edi.
“Men har doim “Barselona”ning o‘yinlarini tomosha qilaman, farzandlarim ham ularning o‘yinini o‘tkazib yubormaydi”, – dedi 38 yoshli futbolchi ispaniyalik jurnalistlarga bergan intervyusida. Luis Suares “Barselona” tarkibida jami 283 o‘yinda maydonga tushib, 195 ta gol urgan va 113 ta golga assistentlik qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing