06:24 / 17.11.2025
3 725

Tyago Silva yana 'Milan'ga qaytishi mumkin


Braziliyalik tajribali futbolchi Tyago Silva yana Italiya klubi 'Milan'ga qaytishi mumkin. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Klubga tajribali markaziy himoyachi zarur, ammo 'Manchester Siti' vakili Akanji yoki 'Liverpul' futbolchisi Jo Gomes bilan olib borilgan muzokaralar natija bermagan. Shuningdek, Tyago Silvaning taklif qilinishi klub byudjeti uchun katta xarajat bo'lishi kutilmayapti, chunki tajribali futbolchining xizmat haqi unchalik yuqori emas.

Bundan tashqari, Silva 'Milan'ning hozirgi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan hamkorlik tajribasiga ega. Ular o'tgan asrning o'ninchi yillarida birgalikda ishlagan.

Hozirda Tyago Silva Braziliyaning 'Fluminense' klubi safida to'p surmoqda.
Tyago Silva, Milan Klubi, Tajribali Futbolchi, Markaziy Himoyachi, Massimiliano Allegri
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing