
Fransiyalik yarim himoyachi Adrien Rabiot 16-oktabr kuni jarohat olgan edi. Oradan bir oy oʻtib, u joriy hafta oxirida, "Milan" va "Inter" oʻrtasidagi oʻyinda maydonga qaytishi kutilmoqda.
Ammo, uning asosiy tarkibda tushishi ehtimoldan yiroq. Kutilishicha, Rabiotning oʻyinga qaytishi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, "Milan"ning jarohat olgan boshqa oʻyinchilari - Fikayo Tomori va Santyago Ximenes ham "Inter"ga qarshi oʻyinga yetib kelishi mumkin, lekin bu borada hali aniq maʼlumot yoʻq. Eslatib oʻtamiz, "Inter" va "Milan" oʻrtasidagi bahs 23-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Ayni paytda Kristian Kivu boshchiligidagi "Inter" turnir jadvalida birinchi oʻrinda, "rossoneri" esa uchinchi oʻrinda bormoqda.
Adrien Rabiot, Milan Inter, Jarohat Oyinchi, Turnir Jadvali, Kristian Kivu
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing