
Shanba kuni Ispaniya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Gruziya ustidan yirik gʻalabaga erishdi (4:0). Uchrashuv qahramoni "Real Sosedad" aʼzosi Mikel Oyarzabal boʻldi.
U ikki gol urib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Luis de la Fuenta boshqaruvidagi Ispaniya terma jamoasining eng samarali oʻyinchisi 28 yoshli Oyarzabal boʻlib, u 22 (15+7) ochko toʻplagan.
Ikkinchi oʻrinda "Barselona" futbolchisi Lamin Yamal (6+11) joylashgan. U noyabr yigʻinlarini oʻtkazib yuboradi.
Uchinchi oʻrinni esa "Atletik Bilbao"dan Niko Uilyams (5+7) egalladi. Kuchli beshlikdan "Arsenal" oʻyinchisi Mikel Merino (10+1) va "PSJ" vakili Fabian Ruiz (5+6) ham oʻrin olgan.
Ispaniya terma jamoasi seshanba kuni saralash bosqichining soʻnggi turida Turkiya bilan toʻqnash keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing