
«Bornmut» hujumchisi Antuan Semenyo Angliya Premyer-ligasining ko‘plab top-klublarini qiziqtirmoqda. Sky Sports xabariga ko‘ra, Semenyo uchun kurashga «Chelsi» ham qo‘shildi.
London klubi 25 yoshli futbolchini ehtimoliy transfer qilish bo‘yicha ma’lumot so‘ragan. Avvalroq matbuot Semenyoni «Liverpul», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» kabi klublar bilan faol bog‘lagan edi.
Semenyo hujumda uch pozitsiyada — har ikki qanotda va markaziy hujumchi sifatida o‘ynay oladi. Futbolchi hozir Premyer-liga to‘purarlar poygasida 8 ta gol bilan uchinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Transfermarkt mutaxassislari Semenyoni 65 million yevroga baholamoqda.
Antuan Semenyo, Angliya Premyer-ligasi, London klubi, Markaziy hujumchi, Transfermarkt mutaxassislari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing