
Lionel Messining singlisi Mariya Sol yo‘l-transport hodisasida jarohat oldi. Bu haqda The Sun nashri argentinalik jurnalist Anxel de Britoga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Solning hayotiga hech narsa tahdid solmaydi, biroq unga uzoq muddatli reabilitatsiya kerak bo‘ladi. Mariya sinishlar va kuyish jarohatlarini olgan.
3-yanvar kuni Mariya Sol turmushga chiqishi kerak edi. YTH sababli to‘y boshqa sanaga ko‘chirildi.
Lionel Messi hozirda "Inter Mayami" safida o‘ynaydi. Yaqinda argentinalik futbolchi faoliyatidagi 48-trofeyini (MLS kubogi) qo‘lga kiritib, jahon rekordini yangiladi.
Messi faoliyati davomida sakkiz marta "Oltin to‘p"ni yutgan.
Lionel Messi, Mariya Sol, Yo‘l-transport hodisasi, Argentinalik jurnalist, Inter Mayami
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kelajakni o‘zgartiruvchi sun’iy idrok: uning insoniyatga foyda-ziyoni nimada?
“Inter Mayami” ilk bor MLS kubogini qo‘lga kiritdi (video)
«Inter Mayami» ilk bor Sharqiy Konferensiya chempioniga aylandi (video)
Messi faoliyatidagi 895-golini urdi
«Inter Mayami» klubi xo‘jayini Messi haqida fikr bildirdi