20:09 / 11.12.2025
881

Mas’uliyatsiz otaga so‘nggi chora qo‘llanildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor B.Boboyevdan voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan qarzdor otaga nisbatan dastlab 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Biroq mazkur jazoni o‘tab chiqgan qarzdor ota o‘ziga xulosa chiqarmasdan, voyaga yetmagan farzandini ta’minlashdan bo‘yin tovlashni davom ettirib, davlat ijrochisidan yashirinib yurgan.

Qidiruv ishlari davomida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirilgan. Natijada, aliment qarzi 79,6 mln. so‘mni tashkil etgan qarzdor otaga nisbatan jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bugungi kunda mazkur jinoyat ishi hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Boyovut tuman sudiga yuborilgan.


Boyovut tumanlararo, Fuqarolik ishlari, Majburiy ijro, Aliment undirish, Jinoyat kodeksi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing