17:28 / 11.12.2025
2 819

O‘zbekistonga 2025 yilda 75 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun keldi


2025 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga davolanish maqsadida 75,7 ming nafar xorij fuqarosi tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Tibbiy turizm bo‘yicha asosiy oqim qo‘shni mamlakatlardan kuzatildi. Yetakchilikni Tojikiston egallab, 53 ming kishi bilan birinchi o‘rinda turibdi.

Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (13 ming) va Qozog‘iston (7 ming) joylashgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston tibbiyot muassasalarida davolanish uchun Rossiyadan 1,7 ming, Afg‘onistondan 533, Turkiyadan 43 va AQShdan 15 nafar fuqaro tashrif buyurgan.


O'zbekiston Respublikasi, Milliy statistika, Tibbiy turizm, Qo'shni mamlakatlar, Tojikiston fuqarolari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing