
Qamchiq dovonidagi yo'l 02:30 dan boshlab kuchli qor yog'ishi va qor ko'chishi xavfi sababli yopildi, deb xabar berdi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati. Avtomobil harakati ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar to‘xtatilgan.
Yo‘lning qayta ochilishi haqida keyinroq qo‘shimcha ma'lumot berilishi ma'lum qilingan. Ichki ishlar vazirligi Qamchiq dovonida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida keng ko‘lamli profilaktika va texnik ishlar olib borilayotganini qayd etdi.
Qamchiq dovoni, Yo'l harakati, Qor ko'chishi, Ichki ishlar, Ob-havo sharoiti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar