
Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich FIFAning yilning eng yaxshi futbolchisi bo'yicha The Best sovrini uchun ovoz berdi. Marosim seshanba kuni bo'lib o'tdi va umumiy ovoz berish yakunlariga ko'ra, sovrin «PSJ» hujumchisi Usmon Dembelenga nasib etdi.
40 yoshli Modrich, hozir «Milan» safida to'p surayotgan bo'lsa-da, shaxsiy reytingida birinchi o'ringa «PSJ» yarim himoyachisi Vitinyani qo'ydi. Ikkinchi pog'onani Dembelening o'zi egalladi, uchinchi o'ringa esa «Barselona»ning yosh yulduzi Lamin Yamal joy oldi.
E'tiborlisi, Modrichning uchligidan Kilian Mbappe o'rin olmadi. Modrich Mbappe bilan joriy yil yozigacha Madridning «Real» klubida birga o'ynagan.
Darvozabonlar bo'yicha Modrich «Real»dagi sobiq jamoadoshi Tibo Kurtuani emas, «PSJ» posboni Janluiji Donnarummani eng yaxshisi deb bildi. Kurtua ikkinchi o'rinni oldi, uchinchi pog'onani esa «Liverpul» darvozaboni Alisson Beker band etdi.
Luka Modrich, Xorvatiya terma, PSJ hujumchisi, Real klubi, FIFA sovrini
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kannavaro, Shomurodov va Fayziyev The Best sovrini uchun kimga ovoz berishdi?
Kannavaro, Shomurodov va Fayziyev The Best sovrini uchun kimga ovoz berishdi?
Dembele «The Best» sohibi: Messi va Silva kimlarga ovoz berishgan edi?
Messi Flik va Kurtuani eng yaxshilar qatoriga kiritdi
Usmon Dembele 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi