12:58 / 06.12.2025
320 184
Ko‘p qavatli uy qurilishida 3,5 mlrdlik “svet o‘margan” MChJ ushlandi

Qashqadaryo viloyatida noqonuniy elektr iste’moli bilan bog‘liq yirik qoidabuzarlik aniqlandi. “O‘zenergoinspeksiya”ning ma’lum qilishicha, Qarshi tumanida “N.A.” MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy majmuasi elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulanib olgan.
Tekshiruvda korxona uzoq vaqt davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlatga yetkazilgan zarar 3 milliard 517 million so‘mni tashkil etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. MChJning noqonuniy harakatlari bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda choyxona gazni noqonuniy ishlatgani aniqlandi
O‘zbekistonda energiya resurslarini behuda sarflashga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda
Toshkentda 8-sentabrdan 9-oktyabrgacha bosqichma-bosqich sovuq ichimlik suvi o‘chirib qo‘yiladi
Toshkent viloyati hokimi bo'yicha ayblovlar rad etildi
Toshkentda ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha uziladi