Toshkentda ota aliment uchun farzandiga uy hadya qildi

Toshkentning Chilonzor tumanida aliment qarzi katta summagacha yetib, vaziyat noodatiy tarzda hal bo‘ldi — ota 2036 yilgacha to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment o‘rniga bolasiga 2 xonali kvartirani hadya qildi. Bu haqda MIB ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdor erkak avval alimentni o‘z vaqtida to‘lab kelgan, ammo 2023 yil dekabridan 2025 yil oktyabrigacha to‘lovlarni to‘xtatib, o‘ttiz millionlab qarz yig‘ilib qolgan. Tekshiruv jarayonida uning ikkita avtomobiliga band solingan, shuningdek, mamlakatdan chiqishiga vaqtincha cheklov qo‘yilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ota zimmasidagi aliment qarzi 40 million so‘mga yetgan. Ijro harakatlari davomida u farzandi manfaati uchun 2 xonali uyni rasman hadya qilib, majburiyatni to‘liq qopladi.
Shu bilan ijro hujjati amalda yopildi.
Aliment Qarzi, Chilonzor Tumani, Ijro Harakatlari, Kvartira Hadya, Farzand Manfaati