21:20 / 17.12.2025
1 851

Putin ikki bolaning yangi yil orzusini shaxsan o‘zi ro‘yobga chiqardi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin katta matbuot anjumani va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot arafasida ikki bolaning yangi yil orzusini ro‘yobga chiqardi. Bu haqda “Rossiya-24” telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbariga turli hududlardan bolalar o‘z orzulari haqida maktub yo‘llagan. Ular orasidan ikki bolaning tilaklari shaxsan prezident tomonidan bajarilgan.

Xususan, 11 yoshli Vladimir dzyudo bilan shug‘ullanadi va u prezidentdan ko‘k rangli kimono so‘ragan. Yangi yil arafasida bu orzu amalga oshirilib, bolaga sport kimonosi sovg‘a qilindi.

Shuningdek, Oltoy o‘lkasida yashovchi Yogor ismli bola uchun unutilmas sovg‘a tayyorlandi. Uning eng katta orzusi — o‘ta yengil samolyotda parvoz qilish edi. Bu tilak ham bajarilib, Yogor havoga ko‘tarilib, birinchi parvozini amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putinning navbatdagi jonli muloqoti 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. An’anaga ko‘ra, unda fuqarolarning turli murojaatlari va savollari ko‘rib chiqiladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing