15:51 / 03.12.2025
326 411

Qirg‘izistondagi 5 balli zilzila Namanganda 2 ball bilan sezildi

3 dekabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida 5 ballli zilzila sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berishicha, zilzila Namangan viloyati hududlarida 2 ball kuchida sezilgan.

Zilzila soat 01:18 da sodir bo‘lib, epimarkaz Toshkentdan 229 km janubi-sharqda joylashgan. Epimarkazdagi magnituda 3,7, chuqurlik esa 5 kilometrni tashkil etgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing