13:15 / 15.11.2025
3 160

AQSH yozda maxfiy yadroviy sinov o‘tkazgani ochiqlandi

AQSHda yoz mavsumida amalga oshirilgan navbatdagi yadroviy sinov haqida ma’lumot berishdi. Bu boradagi rasmiy axborot Energetika vazirligi tarkibida faoliyat yurituvchi Sandia laboratoriyasi tomonidan e’lon qilindi.

Ma’lumotga ko‘ra, F-35 turkumiga mansub zamonaviy qiruvchi samolyot Nevada shtatida joylashgan Tonopa poligonida jangovar zaryadga ega bo‘lmagan B61-12 turdagi yadroviy bombalarni tashlab ko‘rgan. Ushbu mashqlar 19–21 avgust kunlari amalga oshirilgan bo‘lib, ularning maqsadi – AQSH yadroviy arsenalining ishonchliligini tekshirish va uchuvchilarning malakasini oshirishdan iborat bo‘lgani aytilmoqda.

Takidlanishicha, bu modeldagi B61-12 bombalarining xizmat muddati 2024 yilda yana 20 yilga uzaytirilgan edi. Bu esa Vashingtonning yadroviy dasturni uzoq muddatli strategik yo‘nalish sifatida saqlab qolishiga ishora qiladi.


Yadroviy Sinov, Energetika Vazirligi, Sandia Laboratoriyasi, F-35 Samolyoti, B61-12 Bombasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing