05:30 / 23.12.2025
3 635

Liverpul Isakning jarohati bo‘yicha bayonot berdi


«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak APLning «Tottenhem»ga qarshi o‘yinida olgan og‘ir jarohatidan so‘ng jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tibbiy tekshiruv to‘piq bo‘g‘imi shikastlangani va u kichik boldir suyagi sinishi bilan asoratlangani aniqladi. Shu sababli shved hujumchiga operatsiya zarur bo‘ldi.

Futbolchining maydonga qaytish muddati hozircha aniq aytilmadi, biroq avvalroq tiklanish bir necha oy davom etishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Isak joriy mavsum boshida «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 145 million yevro evaziga o‘tgandi.

Hujumchi yangi jamoasi safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Aleksandr Isak, APL o'yini, Jarrohlik amaliyoti, Shved hujumchi, Liverpul klubi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing