04:30 / 23.12.2025
2 210

Jerrard Trentning "Real"ga ketishini tushunishini aytdi


“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Stiven Jerrard mersisaydliklarning sobiq himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirish qarori haqida fikr bildirdi. Jerrardning aytishicha, har bir futbolchi o‘z karyera yo‘lini mustaqil belgilashga haqli va bunday qarorlarni bir yoqlama baholab bo‘lmaydi.

“Men har qanday o‘yinchining o‘z tanlovini qilish huquqini tushunaman — bu uning karyerasi. Men bunday qarorlarni futbol nuqtayi nazaridan hech qachon qoralamasdim.

U, ehtimol, klub tarixidagi eng yaxshi jamoalardan birida o‘ynadi: jamoa APLni yutdi, Chempionlar ligasida g‘alaba uchun kurashdi. Unda men butun karyeram davomida orzu qilgan hamma narsa bor edi.

Orqaga nazar tashlasam, u men uddalay olmagan narsaga erishganini tushunaman”, — deya Jerrardning so‘zlarini Liverpool Echo keltiradi. Trent “Real”ga o‘tgach, 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatma berdi.

Stiven Jerrard, Trent Aleksander-Arnold, Real klubi, Chempionlar ligasi, Liverpool Echo
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing