04:40 / 23.12.2025
3 938
Konte «Napoli»ning Italiya Superkubogini yutishini izohladi

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya Superkubogi finalida «Bolonya»ga qarshi o‘yindan keyin uchrashuv yakunlarini sarhisob qildi va bu sovrinning jamoa hamda muxlislar uchun ahamiyatini ta’kidladi. — Futbolchilarni bu turnirni qanday o‘tkazganlari bilan tabriklamoqchiman.
Biz bu sovrinni o‘zimiz va muxlislarimiz uchun sovg‘aga aylantirishga intildik, shu bilan birga ularni Rojdestvo bayrami bilan ham tabriklamoqchi edik. Bayramni kubok bilan qarshi olish — alohida tuyg‘u.
Avval skudettoni yutgandik, endi esa bir qator juda kuchli raqiblarni mag‘lub etib, Superkubokni ham qo‘shib oldik, — dedi Konte o‘yindan keyin. Eslatib o‘tamiz, «Napoli» «Bolonya»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Antonio Konte, Italiya Superkubogi, Napoli jamoasi, Bolonya klubi, Rojdestvo bayrami
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar