10:51 / 20.12.2025
2 834

«Siti» — «Vest Xem» o‘yini oldidan kutilgan asosiy tarkib aniqlashmoqda

Bugun Angliya Premer-ligasining 17-turida Manchester Siti o‘z maydonida Vest Xem jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv oldidan qator nufuzli sport nashrlari “shaharliklar”ning ehtimoliy asosiy tarkibini bashorat qilib chiqdi va ularning fikrlari deyarli bir nuqtada jamlanmoqda.

Xususan, Sports Mole nashri o‘z talqinida quyidagi o‘n birlikni taklif etmoqda: Donnarumma, Nunesh, Diash, Gvardiol, O'Rayli, Gonzales, Bernardu Silva, Reynders, Sherki, Foden hamda Erling Xoland. Mutaxassislar fikricha, aynan shu tarkib hujumkorlik va nazoratni ta’minlash uchun eng maqbul variant hisoblanadi.

Qizig‘i shundaki, Sportsgambier sayti ham deyarli aynan shu o‘yinchilarni asosiy tarkibda ko‘rmoqda. Bundan tashqari, Sportingnews, Goal, Whoscored, Fotmob kabi ishonchli manbalar ham bugun maydonga tushadigan o‘n birlik borasida bir xil xulosaga kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bu bellashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshlaydi. Murabbiylar shtabi uni o‘yin taqdiriga qarab ikkinchi bo‘limda maydonga tushirish variantini ham istisno qilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Manchester Siti — Vest Xem uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. Muxlislar esa Pep Gvardiola jamoasidan ishonchli va hujumkor o‘yin kutib turibdi.


Angliya Premer-ligasi, Manchester Siti, Vest Xem, Erling Xoland, Abduqodir Husanov
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing