15:09 / 17.12.2025
95 047
APLning uch top-klubi Mamadu Sangarega qiziqish bildirdi

«Lans»ning markaziy yarim himoyachisi Mamadu Sangare Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin. TEAMtalk xabariga ko'ra, 23 yoshli maliyalik futbolchini Londonning «Tottenhem» klubi o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.
Manbada aytilishicha, Sangarega «Chelsi» va «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, futbolchi joriy yil yozida «Lans»ga o'tganidan so'ng o'yinida sezilarli o'sish kuzatildi.
Bu holat uning transfer qiymati oshgani bilan ham tasdiqlanmoqda. Joriy mavsumda Sangare Fransiya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
Transfermarkt ekspertlari yarim himoyachining narxini 15 million yevroga baholamoqda.
Mamadu Sangare, Angliya Premer-ligasi, Tottenhem klubi, Fransiya chempionati, Transfermarkt ekspertlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Siti» yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Chelsi» ochko yo‘qotdi va boshqa natijalar
APLning eng qimmat futbolchilari jamoasi tuzildi
«Lans» Abduqodir Husanovni ijaraga olishga urinib ko‘rdi
Pedro Porro atrofida kurash: “Siti” vaziyatni kuzatmoqda
Pedro Porro atrofida kurash: “Siti” vaziyatni kuzatmoqda